
Superliga. Bugun Andijon, Olmaliq va Navoiydagi o‘yinlardan so‘ng 7-turga yakun yasaladi
Xabaringiz bor joriy hafta mamlakatimizda Superliganing 7-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Bugungacha muxlislar tur doirasidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Metallurg” (2:1), “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” (2:2), “Navbahor” – “So‘g‘diyona” (3:1) va “Buxoro” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvlariga guvoh bo‘lishdi.
Bugun esa yana 3ta shaharda o‘tkaziladigan o‘yinlar bilan ushbu turga ham yakun yasaladi. Kunning ilk bahsi Andijonda mahalliy “Andijon” hamda “Dinamo” Samarqand (17:20) o‘rtasida boshlanadi. Keyin esa AGMK – “Surxon” (19:15) hamda “Qizilqum” – “Bunyodkor” (19:45) bahsi bo‘lib o‘tadi.
Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra “Sport” telekanali “Andijon” – “Dinamo” hamda “Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.
Fikrlar