Superliga debyutanti yana bir nazorat o‘yini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Islombek Ismoilov bosh murabbiyligidagi "Turon" jamoasi Coca Cola Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Toshkent shahrida tashkil etilayotgan yig‘in doirasida yaypanliklar bugun qorli maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi.

Tayyorgarlik rejasiga asosan poytaxtda tashkil etilayotgan yig‘in davomida bir qator jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, ertaga Toshkentning "Oqtepa" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!