Superliga. "Dinamo" — "Lokomotiv": o‘zaro o‘yinlarda mutlaq tenglik

  • 12.04.2026 13:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan "Dinamo" hamda "Lokomotiv" o‘rtasidagi bahs oldidan jamoalarning o‘zaro statistikasi diqqatga sazovor ko‘rinish olmoqda.

Ikki klub shu kunga qadar milliy chempionat doirasida 30 marta to‘qnash kelgan. Qiziqi, bu uchrashuvlarda tomonlar mutlaq teng natija qayd etgan: har ikki jamoa hisobida 13 tadan g‘alaba, yana 4 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

Gollar borasida ham to‘liq muvozanat saqlangan — har ikki jamoa raqib darvozasiga 44 tadan gol urgan.

Eng yirik g‘alabalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, samarqandliklar raqibini bir bahsda 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "temiryo‘lchilar"ning eng katta ustunligi 5:1 natija bo‘lib turibdi.

Shu tariqa, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi to‘qnashuv nafaqat tur jadvali, balki o‘zaro tarixiy muvozanat nuqtai nazaridan ham katta ahamiyat kasb etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!