Superliga klublari mashg‘ulotlarga kirishadimi? - Diyor Imomxo‘jaevdan javob
Yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda. Hududlar kasallikdan forig‘ bo‘lgan holatiga qarab ranglarga bo‘lindi. "Yashil" hududdagilarga qulayliklar yaratilmoqda, sekin-asta cheklovlar bekor qilinmoqda.
Mazkur vaziyatga e’tibor qaratgan PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida "yashil" hududdagi sportchilar o‘z xohishi bilan formani tiklash haqida o‘ylashlari mumkinligini yozdi.
- Ertaga 18 may (bugun nazarda tutilmoqda), o‘rtoqlar. "Yashil" hududdagilar shunga amal qilib, formani tiklayverish haqida o‘ylashni boshlashlari kerak chamamda. Garchi rasmiy ruxsatnomaga ega bo‘lmasak ham, professional sportchi o‘z xohishi bilan bundan foydalanishi mumkin, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar