
Superliga. "Lokomotiv" qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida muborakliklar legioneri Godvin Chika raqib futbolchisining xatosidan so‘ng hisobni ochishga erishdi. 51-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov chiroyli tarzda raqiblarini ortda qoldirib, muvozanatni tikladi.
Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam "temiryo‘lchilar" foydasiga penalti belgiladi va Temurxo‘ja Abduholiqov buni aniq amalga oshirib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Fikrlar