Superliga. "Mash’al" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi Jizzaxda o‘tkaziladi

  • 13 mart, 11:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Muborak klubi o‘zining uy uchrashuvlarini OKMK stadionida o‘tkazishi lozim. Bunda klub stadiondan ijara asosida foydalanadi. 

Tabiiyki, o‘z maydonida to‘p surmayotgan jamoa uchun rasmiy uchrashuv tashkilotchiligi ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda "Mash’al" o‘z tashabbusi bilan "So‘g‘diyona" klubiga taklif bilan chiqdi va 3-tur doirasidagi o‘yinni Jizzaxga ko‘chirishni Ligadan so‘radi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.

Har ikki tomon o‘zaro kelishib olgani inobatga olinib, Superliga 3-turidan joy olgan "Mash’al" - "So‘g‘diyona" bellashuvi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!