Superliga. "Metallurg" AGMKga qarshi Bekoboddagi bahslarda katta ustunlikka ega!

  • 2 mart, 2022, 18:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakat chempionatlari uchrashuvlari orasida Toshkent viloyati jamoalari derbisi eng murosasiz o‘tadigan o‘yinlardan hisoblanadi. Bu jamoalar 2008 yildan buyon 28 ta o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan faqat 3 tasida durang natija qayd etilgan. Bekobodliklar viloyat derbisining 12 ta o‘yinini o‘z foydalariga yakunlagan. 13 ta uchrashuvda esa olmaliqliklarning qo‘li baland kelgan.

Tecno

Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 50:47, olmaliqliklar foydasiga. Ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga e’tibor bering: Toshkent viloyatining eng shimoliy shahrida bu jamoalar 14 marta to‘qnash kelgan. Ularning 11 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan, 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 1 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:

13.11.2008 Metallurg – OTMK – 1:1
05.11.2009 Metallurg – Olmaliq – 3:2
24.04.2010 Metallurg – Olmaliq – 1:0
09.09.2011 Metallurg – Olmaliq – 4:3
04.09.2012 Metallurg – Olmaliq – 4:3
31.05.2013 Metallurg – Olmaliq – 2:1
03.08.2014 Metallurg – Olmaliq – 3:2
21.10.2015 Metallurg – Olmaliq – 4:2
18.08.2016 Metallurg – Olmaliq – 4:2
26.10.2017 Metallurg – Olmaliq – 3:2
10.05.2018 Metallurg – Olmaliq – 0:1
27.07.2019 Metallurg – AGMK – 2:1
12.09.2020 Metallurg – AGMK – 1:0
21.10.2021 Metallurg – AGMK – 0:1

“Metallurg” futbol jamoasi 1966-88 yillar mobaynida sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida o‘ynagan. 2004 yildan OTMK nomi bilan mamlakat birinchiligida qatnashgan. 2008 yilda mazkur klub tarixida yangi burilish yasaldi. O‘zbekiston futbol federatsiyasining qaroriga binoan jamoa oliy liga a’zosiga aylandi.

Shu yillar davomida "konchilar" kuchlilar safida 391 ta o‘yin o‘tkazdi. Shulardan 146 tasini o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, 85 uchrashuvda durang o‘ynagan, 160 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergan. AGMK raqiblari darvozasiga 538 ta to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 554 ta gol o‘tkazib yuborgan. AGMKning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:1 (“Qo‘qon 1912”, 2019), eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 0:6 (“Paxtakor”, 2020).

Keyingi yillarda AGMK O‘zbekiston chempionati va Kubogi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jamoa uch marta O‘zbekiston kubogining finalida o‘ynab (2018-2020), birinchi finalida O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangandi. 2020, 2021 yilgi mavsumlarda esa O‘zbekiston chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

"Metallurg" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!