Superliga. "Nasaf" Olmaliqda muhim ochkolardan ayrildi

  • 26.10.2025 18:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

26.10.2025 16:30

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga etdi. Olmaliqda bo‘lib o‘tgan OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi bahs durang natija bilan yakunlandi — 1:1.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Nodirbek Abdurazzoqov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda "ajdarlar" bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirib, bosimni kuchaytirdi. 80-daqiqada Dragan Cheran boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Durang natijadan so‘ng har ikki jamoa o‘z hisobiga bittadan ochko qo‘shib qo‘ydi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 57 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Mirjalol Qosimov jamoasida esa ochkolar 41 tani tashkil qiladi va ular jadvalda 6-o‘rinda bormoqda.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
6174.png

OKMK

  • Nodirbek Abdurazzokov 53'
Tugadi
1 : 1
6355.png

Nasaf

  • Dragan Ceran 79'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!