Superliga. "Nasaf" "Surxon"dan ustun keldi
Turning ilk uchrashuvida "Surxon" hamda "Nasaf" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 7-daqiqada qarshiliklarning serbiyalik legioneri Marko Stanoevich hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Vladimir Bubanya muvozanatni tikladi. 61-daqiqada esa Oybek Bozorov "ajdarlar"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
77-daqiqada bellashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev "Surxon" sardori Shavkat Salomovni maydondan chetlatdi. 89-daqiqada esa mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi, ammo Sharof Muhitdinov 11 metrli jarima zarbasini ko‘kka sovurdi.

Fikrlar