Superliga. "Neftchi" G‘uzordan 3 ochko bilan qaytdi

  • 25 oktabr, 18:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bellashuvda farg‘onaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab, Zoran Marushich, 40-daqiqada hisobni ochdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlashiga 3 daqiqada qolganida esa Vladimir Yovovich ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi — 2:0.

Shu tariqa, "Neftchi" klubining jamg‘argan ochkolari soni 57 taga etdi va ular onlayn turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
25/10/2025 20:14
Онлайндан кейин хам 1 чи уринда тошдек котиб колсин Нефтчи