Superliga. OKMK "Nasaf"ni quvib o‘tib, etakchiga aylanib oldi

  • 21 iyun, 2024, 23:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" o‘yinida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Dastlab, Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, Sentoku imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida Abdumajidov jamoasini oldinga olib chiqdi, lekin ikkinchi bo‘limda so‘nggi daqiqalarda olmaliqliklar 3 ta gol bilan g‘alabani ilib ketdi. 

"Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvida esa tomonlar durangga imzo chekdi. 

O‘yinda hisobni Abduholiqov ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mezbonlar tarkibidan ikkita futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi. 59-daqiqada esa Rahimjonov imkoniyatlarni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda esa mehmonlar penaltiga ega chiqishdi, lekin Alisher Odilov imkoniyatdan foydalana olmadi. 

Bugungi uchrashuvlardan keyin turnir jadvali quyidagicha ko‘rinishga keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!