
Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi
Superligada oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov oyning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.
Mutaxassis yakuniga etgan oyda "konchilar" bilan 4 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ularning uchtasida g‘alaba, yana bittasida mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbati - 7:1.
Ayni paytda AGMK turnir jadvalida 44 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan.
Fikrlar