Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?

  • 6 noyabr, 14:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?

Tecno

Superligada oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun Vitaliy Levchenko ("Neftchi"), Ilyos Zeytulaev ("Bunyodkor") va Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor") asosiy da’vogar hisoblanadi. Quyida ularning yakunlangan oyda qayd etgan statistikasi bilan tanishing:

Vitaliy Levchenko ("Neftchi") — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 5:0
Ilyos Zeytulaev ("Bunyodkor") — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 6:3
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor") — 4 o‘yin, 4 g‘alaba, to‘plar farqi 9:0

Ma’lumot uchun, 27-turdan keyin musobaqa turnir jadvalida Levchenko shogirdlari 60 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
06/11/2025 20:17
К. Тожиев октябр ойи энг яхши тренери