Superliga qachon davom ettiriladi?
Xabaringiz bor koronavirus pandemiyasi sabab yurtimizdagi barcha ommaviy tadbirlar, jumladan futbol uchrashuvlari ham to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endigina start olgan Superliga o‘yinlari qachon davom ettirilishi borasida esa O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.
"Eng ko‘p berilayotgan shu savolga aniq javob beradigan kimdir yo‘qligini aytmoqchi edim. Menda javob yo‘q, direktorimda ham, undan teparoqdagisida ham. Holat shundayki, vaziyat o‘nglanishi bandasining qo‘lida emas.
Biz albatta RUXSAT degan xitobni kutamiz. Ammo undan muhimrog‘i, barchamizning salomatligimiz.
P.S. Haqiqiy professional futbolchilar chempionat davom ettirila boshlagach ko‘rinadi. Ular o‘z formasini lozim darajada ushlab tura olmasligi kundek ravshan. Ammo shunday bo‘lsa-da, o‘zini qo‘yib yubormagan va nima qilib bo‘lsa-da, formasini ushlayotgan futbolchilarga keyinroq maydonda oson bo‘ladi", - deb yozadi Imomxo‘jaev.

Fikrlar