Superliga. "Qo‘qon-1912" - "Neftchi": Prevyu (foto)

  • 1 avgust, 2022, 17:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligadagi "Farg‘ona derbisi" maqomiga ega bo‘lgan bahslar davom etadi. Statistikaga nazar tashlasak, "Neftchi" milliy chempionatimiz va O‘zbekiston kubogi doirasida "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan jami 36 marta o‘zaro kuch sinashgan.

Tecno

Bularning 24 tasida "yo‘lbarslar" g‘alaba qozongan, 5 tasida durang natija qayd etgan va 7 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Umumiy to‘plar nisbati - 85:44.

"Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 6:1 ko‘rinishida bo‘lgan. "Shunqorlar"ning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida yakunlangan.

Jamoalar o‘rtasidagi oxirgi uchrashuv joriy yilning 2 mart kuni bo‘lib o‘tgandi, Superligasining 1-tur o‘yinida "Neftchi" minimal 1:0 hisobida g‘olib bo‘lgan edi.

prevyu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!