
Superliga. "Turon" so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli "Qizilqum"ga mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Turon" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Yaypan shaharchasidagi "O‘zbekiston" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi yagona gol bahsning so‘nggi daqiqasida Elguja Grigalashvili tomonidan kiritildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng "Qizilqum" hisobidagi ochkolar soni 10 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 3 ochkosi bor "Turon" esa jadvalning so‘nggi pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar