Superliga. "Yonadigan" 11- tur haqida

  • 23 may, 11:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 11- tur bugundan start olishi rejalashtirilgan. Bu haftadagi bahslarni 19:00 da boshlanadigan "Andijon" - "Surxon" o‘yini ochib beradi. Odatdagidek tur oldidan bellashuvlarga tahliliy ko‘z bilan nazar solib chiqamiz.

Tecno

"Andijon" - "Surxon"

Yangi murabbiy qo‘l ostida ilk bahsini o‘tkazgan vodiyliklar jadvalning eng quyi pog‘onasidagi "Sho‘rtan"ga mehmonda mag‘lub bo‘lishdi. To‘g‘ri bellashuvda hakamlar tomonidan biroz bahsli qarorlar qabul qilindi. Lekin, ko‘plab ekspertlar o‘yin 11ga 11 davom etganda ham "Andijon" o‘sha kungidan yaxshiroq harakat qila olmasdi, deganlari ham "burgutlar"ning o‘yin sifati ancha tushib ketganini isbotlab turgandek, go‘yo. Klub Superligada 5-turdan beri g‘alaba tugul, durang nimaligini bilmay kelmoqda.

"Surxon"da esa so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi tomonga o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Klub oxirgi 3 ta turda "So‘g‘diyona" va "Paxtakor"ni yutgan bo‘lsa, "Dinamo" ga mehmonda teng kurashlar ostidagi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuv "Bobur Arena"da o‘tkazilishi biroz Shatskix shogirdlariga imkoniyat qo‘shadi. 

"Nasaf" - OKMK

Qayd etib o‘tish lozimki, bekorga bu ikki bahs birinchi kunga qo‘yilmagan. Qolgan jamoalar uchun bu tur FIFA kunlaridan oldingi oxirgi uchrashuvlar bo‘lsa, " Andijon" va "Nasaf" 27 may kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘zaro jangga kirishishi ko‘zda tutilgan. To‘g‘ri, qarshiliklar Superkubogi uchun markaziy bahsni qurbon qilib yuborishmas, lekin xayollarining bir chetida mavsumdagi ilk kubokni yutish imkoniyati turishi tabiiy. Bu OKMKga foydaga, "Nasaf"ga esa zararga ishlab qolishi mumkin. Shu sababli, deyarli chempionlikni hal qilib beruvchi o‘yinga tahlilni uchrashuv tugagach amalga oshirganimiz ma’qulroq. 

"Neftchi" - "Sho‘rtan"

Olmaliqdan qiyinchilik bilan ochko olib qaytgan farg‘onaliklar uylarida har qanday holatda ham jadvalda oxirgi o‘rinda borayotgan g‘uzorliklarni mag‘lub qilishga intiladi. "Sho‘rtan"da esa "yangi havo" effekt berishni boshlagandek. 8-turdan so‘ng Anvar Berdiev o‘rniga jamoani qabul qilgan Eldor Moyliev oxirgi ikki turda 4 ochko jamg‘arishga erishdi. Bundan oldin klub 8 uchrashuvdan faqatgina 1 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Levchenko hamda Haydarov o‘rtasida taktik janglarni ham ko‘rgimiz bor. Bahrom Haydarov zaxiradan to‘g‘ri almashtirishlar qilishi mumkinligini oldingi bahslarda kuzatdik. Ushbu derbida-ku, aniq g‘alaba o‘yinga qo‘shimcha kuchlar kirita olgan jamoa tomonida bo‘ladi.

"Paxtakor" - "Xorazm"

"Paxtakor" qaytyapti yoki qaysidir bahsdagi mag‘lubiyat jamoani yana eski holiga tushirib qo‘yarmikin. Buni o‘sha yutqaziqdan so‘ng bilib olsak bo‘ladi. Lekin, bu aynan "Xorazm" bilan o‘yinda sodir etilishi qiyin. To‘g‘ri, xorazmliklar o‘tgan turda "Mash’al"ni yirik hisobda yutishdi. Ammo, ayni shu tufayli, "Paxtakor"dan ham ochko olib qo‘yadi, deyish biroz xato, nazarimda. Sergeev formaga kirib oldi va ko‘p ehtimol milliy jamoaga Shomurodovga raqobatchi sifatida taklif etiladi. Oyni super darajada o‘tkazib bergan Muhammadali O‘rinboev ham nomzodlar orasiga qo‘shilib olish uchun "Xorazm"ga qarshi bor kuchi bilan harakat qiladi.

"Dinamo" - "Qizilqum"

Samarqandliklar ko‘pchilik nazdida kutilmaganda "Buxoro"ga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotdi. O‘yinni ko‘rganlar ham buni e’tirof etishayotganidan kelib chiqsak, rostdan shunaqa. "Qizilqum" bilan bahsdagi qoniqarsiz natija "Dinamo" a’zolari o‘z natijalaridan "havolanib ketibdi", degan ba’zi ekspertlarning gaplarini avjiga chiqaradi. Shu sababli, Abramov shogirdlari 10 ta turda mag‘lubiyat neligini bilmay kelayotgan ko‘hna shahar jamoasi navoiyliklarga qarshi ham bu an’anani davom ettirsa kerak. Nikola Lazarevich shogirdlari esa ketma-ket ikki salbiy natijadan so‘ng ushbu bellashuvga etib kelishyapti. Klub 10-turda "Paxtakor"ga hech narsa taklif qila olmagan ersa, hafta o‘rtasida kubokda "Qo‘qon"ga ham yutqazdi. Shu boisdan, ruhiy ustunlik Vadim Abramov shogirdlarida bo‘lishi tabiiy. 

"Mash’al" - "Bunyodkor"

Vanihoyat turning so‘nggi o‘yiniga etib keldik. O‘tgan turdan oldingi "Mash’al" haqidagi so‘zlarimiz hamon aktual bo‘lib turibdi. Klub hali ham o‘zining Superligada ekanligini his eta olmayapti. Jamoa o‘zi bilan birga Pro ligadan oliy divizionga chiqqan "Xorazm"ga yirik hisobda yutqazayotgani buni isbotlash uchun etarli. "Bunyodkor"ga esa yuqorida "Dinamo"ga aytilgan gaplar avj olib ulgurdi. Bu statistikada ham aks etishni boshladi. 8-turgacha mag‘lubiyatsiz kela olgan "qaldirg‘och"lar so‘nggi 3 turda ikkita salbiy natija qayd etishdi.

 

Yahyoxon G‘aniev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek
23/05/2025 22:24
Вой далбаеп шуртан хакида езиб туриб бахром хайдаров деб куконга утлаб кетибсану чала журналист эй осилиб кеган вагонинга сике