
Superligada bunday jamoa qolmadi
Kecha O‘zbekiston Superligasida 12-tur o‘yinlari start oldi. Kun doirasidan o‘rin olgan "Turon" - "Metallurg" uchrashuvida tarixiy natija qayd etildi.
Yaypanda bo‘lib o‘tgan bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Ushbu muvaffaqiyat "Turon" uchun Superligadagi ilk g‘alabaga aylandi. Buning uchun ularga 12 tur kerak bo‘ldi. "Turon" bunga qadar 4 bor durang qayd etgandi xolos.
Bir necha kun avval "Turon" klubi bosh murabbiyligiga tayinlangan Igor Shkvirin jamoaning dastlabki g‘alabasini uzoq vaqtga cho‘zib o‘tirmadi. Olmaliqda ancha yillar faoliyat yuritgan Shkvirin o‘zi uchun yaxshi tanish hisoblangan Toshkent viloyatining yana bir jamoasi - "Metallurg"ni taslim etdi.
Shu tariqa, Superliganingg ushbu mavsumida g‘alaba qozonmagan jamoa qolmadi.
Fikrlar