Superligada hali mag‘lub bo‘lmagan “So‘g‘diyona” va VAR “Qo‘qon-1912” maydoniga kelmoqda

  • 18 may, 2021, 16:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 9-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan qo‘qonliklar matbuot xizmati jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 30 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 9 tasida "Qo‘qon-1912" vakillari zafar quchgan, 14 bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. Ettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi: 48-35, “So‘g‘diyona” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 34 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 49 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
14.03.2020 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 2:1
30.07.2019 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 1:2
25.11.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 0:0
29.07.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 2:1
20.06.2017 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 3:2

Hakamlar
Qo‘qonga VAR keladi

18 may kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvini FIFA xakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradigan bo‘ldi. Tantashev vodiyliklarning Superliga 7-tur doirasidagi "Andijon"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham ishlagan edi. Oradan bir tur o‘tib Tantashev yana "Qo‘qon-1912" ishtirokidagi bahsga tayinlandi. Shuningdek 9-turga kelib Qo‘qonga VAR tizimi ham keladi.

"So‘g‘diyona" jamoasini hali Superligada mag‘lub bo‘lmaganini hisobga olsak, mazkur bellashuv murosasiz o‘tishini taxmin qilish qiyin emas.

Superliga. 9-tur
18 may, seshanba
17:30. QO‘QON-1912 – SO‘G‘DIYoNA
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynulin, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchi: Vladislav Tseytlin
Operator: Sherali Jonaliev
Texnik mutaxassis: Muhitdin Qambarov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!