Superligada peshqadam o‘zgardi!

  • 11 may, 2021, 21:04
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Andijon" klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Jizzaxliklar tarkibida Javohir Qahramonov hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida mehmonlar vakili Martin Boake o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 53-daqiqada Shahruz Norxonov hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Sahob Rashidov jamoasining 4-golini kiritdi. "Burgutlar" safida Farhod Sohibjonov bu aniq zarbalarga bir marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan qilib, yirik hisobda zafar quchgan "So‘g‘diyona" ochkolari sonini 18 taga etkazib olgan holda, onlayn jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4 ochko to‘plagan "Andijon" 12-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
11/05/2021 22:48
Exxxxx...