Superligada toʻpurarlar poygasi qizgʻin davom etmoqda: Oradagi farq katta emas!
O‘zbekiston Superligasining 11-turidan so‘ng to‘purarlar ro‘yxatida hozircha "So‘g‘diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev peshqadam bo‘lib turibdi. U o‘z hisobida 7 ta gol bilan yakka yetakchiga aylangan.
Uning eng yaqin ta’qibchilari sifatida Dostonbek Hamdamov, Stefen Chinedu va Temurxo‘ja Abduxoliqov 6 tadan gol bilan ikkinchi pog‘onani bo‘lishib turishibdi.
Shuningdek, Stipe Perica va Sherzod Esanov hisobida 5 tadan gol mavjud bo‘lib, ular ham to‘purarlar poygasida yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Mavsum qizg‘in pallaga kirib borar ekan, to‘purarlar o‘rtasidagi raqobat yanada kuchayishi kutilmoqda.
.jpg)

Fikrlar