Superligaga qaytgan "Neftchi" derbida "Qo‘qon-1912"ni enga oladimi? Farg‘ona derbisi oldidan o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar
Uch yillik tanaffusdan so‘ng Farg‘ona viloyatining ikki nomdor klubi - "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" Superligada o‘zaro to‘qnash keladi.
Farg‘ona derbisi maqomiga ega bo‘lgan bahslarning statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi" milliy chempionat va O‘zbekiston kubogi doirasida "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan jami 35 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bularning 23 tasida "Neftchi" g‘alaba qozongan, 5 tasida durang natija qayd etgan va 7 tasida "Qo‘qon-1912"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati esa 84-44 ("Neftchi" foydasiga). "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 6:1 bo‘lsa, "Qo‘qon-1912"ning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida yakunlangan.
Jamoalarning o‘zaro oxirgi 5 ta uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etilgan:
Superliga-2018
10 may
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 1:1
17 avgust
"Neftchi"-"Qo‘qon-1912 1:0
24 oktyabr
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi 2:0
29 noyabr
"Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 0:2
O‘zbekiston kubogi
30 may
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi"2:1

Fikrlar