
Superliganing 23-turini Toshkent viloyati derbisi boshlab beradi
Bugun Superligada 23-turiga start beriladi. Turni “Metallurg” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi Toshkent viloyati derbisi boshlab beradi.
Ayni damda olmaliqliklar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda. Ular musobaqa jadvalida 40 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Bekobod klubi haqida esa buning aksini aytish mumkin. Hozirda “Metallurg” Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoalardan biri hisoblanadi. Ushbu jamoa 19 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Bekoboddagi o‘yin soat 18:15 da boshlanadi. Uchrashuvni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Fikrlar