Superliganing bu turida “Turon” etakchi. “Lokomotiv”da esa aksi

  • 14.05.2021 23:38
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

11-14 may kunlari Superligada 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.

“Nasaf”ning OFK kubogida ishtirok etishi bois “Mash’al”ga qarshi o‘yini keyinroqqa qoldirildi. Shuning uchun 8-tur 6 uchrashuvdan iborat bo‘ldi.

Bu gal stadionlarimizga jami 13997 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 2333ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis “Turon” murabbiyi Islombek Ismoilovning iste’fosiga sabab bo‘lgan Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida qayd etildi. Ushbu o‘yindan so‘ng yosh murabbiy lavozimini tark etdi. “Turon” – “Qizilqum” o‘rtasidagi bahsni 5514 odam shohidiga aylandi.

Eng kam ishqiboz Toshkentda. “Lokomotiv” – “Metallurg” bellashuvini 970 tomoshabin kuzatdi. Qizig‘i shundaki, “temiryo‘lchilar” uyda o‘ynasa ham, safarda harakat qilsa ham o‘sha uchrashuvga tashrif buyurganlar soni eng kami bo‘lmoqda. Avvalgi turlar fikrimizga isbot.

Turning markaziy bellashuvi AGMK – “Bunyodkor” qarama-qarshiligini 2044 muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi. O‘ziga hos derbi sanalgan bellashuv avvalgi turgi markaziy o‘yinda qayd etilgan muxlislar statistikasi (1920)dan biroz yaxshiroqdir. Ammo nomdor jamoalar o‘yiniga e’tiborning kamligi dilni xira qiladi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Turon” – “Qizilqum” 0:1. 5514 tomoshabin

“So‘g‘diyona” – “Andijon” 4:1. 2652 tomoshabin

AGMK – “Bunyodkor” 3:1. 2044 tomoshabin

“Navbahor” – “Surxon” 2:0. 1560 tomoshabin

“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” 3:0. 1257 tomoshabin

“Lokomotiv” – “Metallurg” 1:3. 970 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
15/05/2021 00:26
Одамларниям тушунчаси билими ақли бор. Ўзидан ўзи келормайди фудбол ишқибозлари хақийқий фудболни кургиси келадида. Турон мухлисларига маладец ўша клубниям омади тезро келсин ва турнир жадвалини тепа юқори ўринларига чиқибкетсин. Энг зўр кўришга арзийдигон хақийқий ўйин тан олиб айтаман Агмк бунёдкор ўйини бўлди шидат ва матон'ат ирода кўрсатди Агмк қани эди хар бир жамоалар шундай тепмда ўйнаса жамоалар даражасиям тенгма тенг бўлса чемпионатимиз интиригаси чемпионатимиз охиригача борсада сунги турларда зўрға ЧЕМПИОН жамоа аниқланса. Афсус бу фақат хозирча орзу бутун ўзбекистон ахолиси билади бизни хозирги фудболимизда хали хам халолик йўқ бу бизнинг жудаям ориқлик ва ачинарли котастроф деса хам бўлади.