
Superliganing so‘nggi turini "yondirgan" futbolchilar kimlar?
Superliganing so‘nggi 26-turi turli natijalarga boy bo‘ldi. Chempionatning yakunlovchi turida olqishlarga sazovor bo‘lgan va eng yaxshisiga aylangan futbolchilar alohida e’tirofga munosib.
OKMK – “Qizilqum” – 1:0. Eng yaxshi futbolchi: Oybek Rustamov
Mirjalol Qosimov jamoasi o‘zi uchun juda muhim o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritdi va chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlab, kumush medalga sazovor bo‘ldi. OKMKning muhim o‘yinida muhim g‘alaba qo‘lga kiritilishi uchun muhim bo‘lgan yagona golni urgan Oybek Rustamov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
“Navbahor” – “Andijon” – 3:3. Eng yaxshi futbolchi: Jamshid Iskanderov
Vodiy derbisida jangovar durang qayd etilganidan xabardorsiz. Mezbonlar xuddi Kubok finali kabi bu safar ham 2:3 hisobida yutqazishi mumkin edi. Biroq oxirgi soniyalarda mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldilar va yakunda bu durang “Navbahor”ga bronza medalini taqdim qildi. Uchrashuvda penaltidan gol urgan va golli pasni uzatgan Jamshid Iskanderov bu safar ham eng yaxshisi sifatida e’tirof etildi.
“Bunyodkor” – “Paxtakor” – 2:0. Eng yaxshi futbolchi: Andriya Filipovich
Toshkent derbisida “Bunyodkor” nihoyat “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali “Qaldirg‘ochlar” pley-off zonasidan qutulib qoldi va Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri jon saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. “Bunyodkor” legioneri Andriya Filipovich birinchi bo‘limda hisobni ochdi va bu mezbonlarga qo‘shimcha ishtiyoq bag‘ishladi. Uning o‘zi esa uchrashuvni ancha ishonchli tarzda o‘tkazdi va shu bois ham Filipovich maqtovlarga sazovor bo‘ldi.
“Surxon” – “Olimpik” – 3:0. Eng yaxshi futbolchi: Xumoyun Sherbo‘taev
“Surxon” klubi oxirgi turda “Olimpik”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib ishqibozlarini xursand etdi. Birinchi bo‘limda bitta, ikkinchi bo‘limda ikkita gol urgan “Surxon” shu tariqa mavsumni yaxshi notada yakunladi. Jamoaning iqtidorli yarim himoyachisi Xumoyun Sherbo‘taev kiritilgan gollarda bevosita ishtirok etdi va raqibga jiddiy muammolarni tug‘dirdi. U eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga chindan ham loyiq.
“Nasaf” – “Metallurg” – 1:2. Eng yaxshi futbolchi: Zabihillo O‘rinboev
“Metallurg” uchun mavsumning oxirgi turida kichik mo‘’jiza yuz berdi. Bekobodliklar Qarshida amaldagi chempion “Nasaf”ni mag‘lub etishi, Toshkentda “Lokomotiv” “Neftchi”ga yutqazishi kerak edi. Ana shunda “Metallurg” ligada qolish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lardi. Buni qarangki, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Avvalo, “Metallurg”ni xarakteriga qoyil qolish kerak. “Nasaf” maydonida avvaliga hisobda ortda qolayotganiga qaramay, keyinchalik ikkita gol urib g‘alabani ilib ketishdi. Jamoa etakchisi va sardori Zabihillo O‘rinboev katta hajmdagi ishni bajardi va doimgidek o‘z mahoratini namoyish qilishga erishdi.
“Lokomotiv” – “Neftchi” – 2:3. Eng yaxshi futbolchi: Bilolxon Toshmirzaev
“Neftchi” so‘nggi turda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda farg‘onaliklar avvaliga 2:0 hisobida ortda qolayotgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan voqealar rivoji o‘zgardi va “Neftchi” 3 ta gol urib g‘alabani ilib ketdi. Jamoaning ajoyib futbolchilaridan biri Bilolxon Toshmirzaev uchrashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi bo‘ldi hamda yakunda u eng yaxshi futbolchiga aylandi.
“Dinamo” – “So‘g‘diyona” – 1:0. Eng yaxshi futbolchi: Joel Kojo
“Dinamo” klubi “So‘g‘diyona”ni medallardan mahrum qildi. Samarqandliklar oxirgi turda muxlislarini g‘alaba bilan quvontirmoqchi edi va buni uddaladilar. Jamoa etakchisi Joel Kojo “Dinamo” libosida o‘zining oxirgi uchrashuvida muhim golni urib klubining g‘alabasini ta’minlab berdi va doimgidek u eng yaxshi futbolchi deb topildi. U uchrashuvdan keyin ishqibozlar bilan xayrlashdi. Katta ehtimol bilan Kojo kelasi yili Eronning “Istiqlol” jamoasida to‘p suradi.
Shuhratbek Jo‘raev.
Fikrlar
Elektron pochta: doctorumarclinic@gmail.com
WhatsApp: +31 684911709
Telegram:+31 684911709
Viber: +31 684911709
Mening ismim Doktor UMAR Men UMAR klinikasida nefrologman. Bizning klinikamiz buyrak jarrohligiga ixtisoslashgan va biz ham davolaymiz
Buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish
Tegishli donor.
Biz Hindiston, Turkiya, Frantsiya, Nigeriya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Malayziya, Dubay, Quvaytda joylashganmiz
diqqat bilan
DR UMAR