
"Surxon" sobiq murabbiyini qaytaradimi?
Coca-Cola Superligada 12-o‘rinni band etib elitada arang jon saqlab qolgan Termizning “Surxon” klubi uchun mavsum juda qiyin kechganini yaxshi bilamiz.
Shu bilan birga murabbiylar almashinuviga ham guvoh bo‘ldik. Yil davomida klubni Bahrom Haydarov, Ravshan Haydarov, Vladimir Andreev kabi murabbiylar boshqardilar.
Yangi mavsumda “Surxon”ga kim bosh murabbiylik qiladi? Olgan ma’lumotimizga qaraganda, jamoaning sobiq ustozi Bahrom Haydarov yana “Surxon”ga qaytishi kutilmoqda.
Yodingizda bo‘lsa, u joriy mavsum boshida ham klubda ma’lum vaqt ishlab ketgandi. Endi esa yana bir bor uning nomzodi ilgari surilmoqda. Yaqin orada vaziyatga oydinlik kiritilsa ajab emas. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar