“Surxon” – “Andijon”: Ustunlik "burgutlar" tomonida

  • 24 aprel, 2019, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 27 aprel kuni Superliganing 6-turi doirasida “Surxon” o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.

Tecno

Ushbu uchrashuvga har ikki jamoa ikki xil kayfiyatda tashrif buyuradi. Sababi, 5-tur doirasida “Andijon” vodiyda vohaning “Nasaf” jamoasi darvozasini 3 marotaba ishg‘ol etib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Surxon” jamoasi vodiyda “Navbahor” jamoasidan uchta gol o‘tkazib yuborib, Termizga quruq qo‘l bilan qaytib ketdi.

Quyida jamoalarning milliy chempionatlarimizda o‘tkazgan o‘zaro uchrashuvlari statistikasini e’tiboringizga havola etamiz.

Jamoalar shu kungacha o‘zaro 24 marta uchrashgan. O‘tkazilgan 24 ta bahsning 14 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 ta bahs termizliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qolgan 4 ta uchrashuvda esa tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan.

“Andijon” jami bo‘lib raqiblar darvozasini 54 marta aniq nishonga olgan bo‘lsa, “Surxon” jamoasi 32 ta gol bilan javob qaytargan.  

Ushbu qarama-qarshilikda eng yirik hisob andijonliklarga tegishli - 5:0. Termiz shahri jamoasi hozircha birorta bahsda "burgutlar"ni yirik hisobda taslim eta olmagan.

“Andijon”  o‘zaro uchrashuvlarda jami 46, “Surxon” esa 22 ochko jamg‘argan.

Ushbu jamoalarning Oliy ligadagi so‘nggi uchrashuvi 2004 yilning 14 avgust kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan va unda mezbonlarning qo‘li baland kelgan – 2:1. Endi esa oradan 15 yil o‘tib, ushbu jamoalar Termizda bahs olib borishadi.

“Surxon” – “Navro‘z” 1:1

31.03.1992 yil. Termiz.

“Navro‘z” – “Surxon” +:-

01.11.1992 yil. Andijon.

 “Navro‘z” – ASK 1:2

22.06.1994 yil. Andijon.

ASK – “Navro‘z” 3:2

14.09.1994 yil. Termiz.

ASK – “Navro‘z” 2:2

23.04.1995 yil. Termiz.

“Navro‘z” – ASK 0:0.

07.10.1995 yil. Andijon.

“Navro‘z” – ASK 3:0

24.04.1996 yil. Andijon.

ASK – “Navro‘z” 2:3

28.10.1996 yil. Termiz.            

“Andijon” – “Surxon” 5:1

16.07.1997 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 1:0

12.08.1997 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 6:2

21.06.1998 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 3:1

14.08.1998 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 1:0

18.04.1999 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 4:4

02.10.1999. Termiz

“Andijon” – “Surxon” 4:0

24.05.2000 yil. Andijon

“Surxon” – “Andijon” 0:5

26.08.2000 yil. Termiz.

“Surxon” – “Andijon” 2:4

18.05.2001 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 1:0

11.09.2001 yil. Andijon.

“Andijon” – “Surxon” 4:2

20.04.2002 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 3:1

26.10.2002 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 2:1

06.04.2003 yil. Andijon.

“Surxon” – “Andijon” 0:1

22.10.2003 yil. Termiz.

“Surxon” – “Andijon” 2:1

26.06.2004 yil. Termiz.

“Andijon” – “Surxon” 2:1

14.08.2004 yil. Andijon.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!