Taekvondo. Jasur Jaysunov Osiyo chempioni!

  • 25 iyun, 2022, 12:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Janubiya Koreyaning Chuncheon shahri mezbonlik qilayotgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu gal -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qit’a chempionligi nomiga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz finalda jahon chempionatining kumush medali sohibi, 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag‘lub etdi.

Shuningdek, -62 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Feruza Sadikova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Vakilamizga eronlik Nastaran Valizodaga qarshi keskin kurashlarga boy kechgan bahsda biroz omad etishmadi.

Shu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!