Taekvondo. Rim Gran-prisida ilk medal qo‘lga kiritildi!

  • 5 iyun, 2022, 23:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Italiya poytaxti Rim shahrida Butunjahon taekvondo Gran-pri musobaqasi yakuniga etmoqda.

Tecno

Bugun -80kg vaznda o‘zbekistonlik Shuhrat Salaev iordaniyalik, xorvatiyalik va ispaniyalik taekvondochilarni mag‘lub etib, yarim finalga qadar etib kelgandi.

Final yo‘llanmasi uchun bahsda hamyurtimiz misrlik Seyf Eissaga qarshi dayanga chiqdi. Dastlabki raundda Salaev g‘alaba qozondi, afsuski, keyingi ikki raundda raqib ustun keldi - 1:2. Shunday qilib, Shuhrat Salaev Rim Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!