Taekvondo. Tokio-2020ning 2 ishtirokchisi Osiyo chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritdi. Ulardan biri oltin!

  • 26 iyun, 2022, 10:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Janubiy Koreyada taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati davos etmoqda. Musobaqaning bugungi kuni ham taekvondochilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechyapti.

Tecno

Chempionatda -87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda iordaniyalik raqibidan ustun keldi.

Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida Svetlana Osipova ham yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.

Nikitaning ushbu g‘alabasi orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hisobidagi medallar soni uchtaga etdi. Yigitlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Janubiy Koreyani ham ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olishdi.

Ma’lumot uchun, Rafalovich hamda Osipova Tokio Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini himoya qilgandi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!