
Taekvondo. Ulug‘bek Rashitov porlashda davom etadi. Yana 3 ta medal!
Tehron shahrida "Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi yakuniga etdi.
So‘nggi kunda 8 nafar taekvondochimiz dayanga chiqdi. 68kg vazn toifasida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov finalda yana bir hamyurtimiz Diyor Tuxliboev bilan to‘qnash keldi. Bu jang o‘tkazilmadi va Rashitov oltin, Tuxliboev kumush medali sohibiga aylanishdi. Xuddi shu vaznda o‘zbekistonlik Najmiddin Qosimxojiev bronza medaliga ega bo‘ldi.
80kg vazn toifasida Shuhrat Salaev yarim finalda eronlik taekvondochiga yutqazdi va bronza medal bilan cheklandi.
Bugun shuningdek Otabek Turg‘anbekov, Doniyor Mahkamov, Sardor Toirov va Shohruh Rajabov ham musobaqada ishtirok etishdi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar