
Taekvondo WT. 8 nafar hamyurtimiz "Katta dubulg‘a"ning final bosqichida ishtirok etadi!
Usi shahrida (Xitoy) taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining saralash bahslari yakuniga etdi. Ikkinchi kun bellashuvlarida o‘tgan kvalifikatsiyada quyidagi 4 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-58 kg: Amir To‘raev
-58 kg: Nazarali Nazarov
-80 kg: Shuhrat Salaev
-80 kg: Jasur Jaysunov
Shu tariqa, 2-3 aprel kunlari o‘tadigan final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining jami 8 nafar a’zosi g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda Madina Mannopova (-49 kg) hamda Nikita Rafalovich (+80 kg) ham saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishgan edi. Shuningdek, Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) tashkiliy qo‘mitaning maxsus taklifnomasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘l olishgan. Qayd etish joiz, Osipova garchi final yo‘llanmasi naqd qilgan bo‘lsa ham, jang amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida murabbiylar shtabining qarori bilan saralash bahslarida qatnashib, bugun o‘z vazn toifasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar