
Taekvondo. WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda tashkil etilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda tashkil etilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Mazkur yig‘in 16-18 may kunlari Vetnamda o‘tadigan qit’a birinchiligiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni va Tunis terma jamoalari a’zolari ishtirok etmoqda. 13 mayga qadar davom etadigan yig‘inga hamyurtlarimizdan 12 nafar erkak va 9 nafar ayol sportchi jalb qilingan. Ushbu yig‘in yakuniga ko‘ra, murabbiylar shtabi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan asosiy tarkibni ma’lum qiladi.
Fikrlar