Taekvondochilarimiz "Albania Open" turnirida 15 ta medal qo‘lga kiritdi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lum qilganimizdek, Tirana shahrida tashkil etilgan G1 toifasidagi musobaqada Pavel Xan boshchiligidagi milliy terma jamoamiz ham katta tarkibda ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, sportchilarimiz turnirda 10 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 15 ta medalga ega chiqishib, Jahon chempionati oldidan kayfiyatni ko‘tarinki ruhga olib chiqishdi.

Oltin:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Diyorbek To‘xliboev (68 kg)
Najmiddin Qosimxojiev (74 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Shuhrat Salaev (87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg)
Laylo Xasanova (49 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).

Kumush:
Nazarali Nazarov (63 kg).

Bronza:
Omonjon Otajonov (58 kg)
Shamsiddin Qurbonov (63 kg)
Islom Rajabov (74 kg)
Sevinch Hayitova (62 kg).

Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!