Taekvondochilarimiz Italiyaga, dzyudochilarimiz Gruziyaga jo‘nab ketdi
Joriy yilning 3-5 iyun kunlari Italiyaning Rim shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri, Gruziyaning Tbilisi shahrida esa dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yirik turnir bo‘lib o‘tadi. Bugun tongda har ikki musobaqada ishtirok etadigan terma jamoalarimiz Evropa safariga yo‘l olishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, taekvondo Gran-prisida terma jamoamiz ilk bor 8 nafar sportchi bilan qatnashadi. Jamoamiz Rim safariga quyidagi tarkibda jo‘nab ketdi:
Sportchilar:
Ulug‘bek Rashitov
Niyaz Po‘latov
Shuhrat Salaev
Nikita Rafalovich
Shohruh Rajabov
Svetlana Osipova
Charos Qayumova
Feruza Sadikova
Rasmiylar:
Pavel Xan
Paxlavon Sobirov
Aleksandr Kim
Maksim Rafalovich
Vladimir Xan
Jasur Boyqo‘ziev
Pavel Li
Stanislav Dogbaev
Tbilisi “Katta dubulg‘a” musobaqasida dunyoning 38 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochi g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun quyidagi 13 sportchini jalb qilgan:
Sportchilar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov, Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Bobur Vadjiev
-73 kg: Obidxon No‘monov, Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev, Ulug‘bek O‘roqov
-90 kg: Bahodir Panjiev, Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov
Murabbiylar: Ilias Iliadis, Ulug‘bek Azizov



Fikrlar