Taekvondochilarimiz xalqaro turnir ilk kunida 3 ta medal qo‘lga kiritdi!

  • 10 mart, 2022, 22:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Eron davlatidagi navbatdagi turnir "Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi" musobaqasiga start berildi. Mazkur turnirning ilk kunida 3 nafar taekvondochimiz sovrindor bo‘ldi.

53 kg vazn toifasida Charos Qayumova yarim finalga qadar etib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. 62 kg vazn toifada Feruza Sadikova yarim finalda eronlik Seyedex Nargisga 5:6 hisobda mag‘lub bo‘ldi va bronza medali bilan kifoyalandi.

Xuddi shu vazn toifasidagi ikkinchi taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova Ozoda yarim finalda eronlik raqibi Kosar Asasexga 22:24 hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medaliga ega chiqdi.

Ertaga ham musobaqa davom etadi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!