Taklifni rad etsang, hech qachon “Real”da o‘ynamaysan!

  • 10 oktabr, 2022, 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yozda asosiy nishonlardan biri sifatida “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni belgilagan.

Tecno

19 yoshli futbolchiga bir necha katta klublar og‘iz solmoqda. Evropa matbuotida Bellingem “Liverpul”ga o‘tishga moyillik bildirayotgani haqida xabar tarqaldi.

Shu munosabat bilan “Qirollik klubi” angliyalik yarim himoyachiga ultimatum qo‘ydi. Madridliklar agar Bellingem yozda ularning taklifini qabul qilmasa, hech qachon “Real”da o‘ynash imkoniyaga ega bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

“Real” Jud Bellingem yordamida uzoq yillar davomida maydon markazini yopishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!