Taniqli insayder Jeyk Polning 3 nafar potentsial raqibini sanab o‘tdi
Nufuzli "The Ring" jurnali sharhlovchisi va insayderi Mayk Kopinger xabar berishicha, Jervonta “Tank” Devisning o‘rniga Jeyk Polga qarshi jang uchun bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.
Manbaga ko‘ra, engil vaznda WBA Super chempioni Devis o‘rniga quyidagi uch bokschidan biri ringga chiqishi mumkin:
1. Neyt Dias (AQSh) - UFC sobiq jangchisi;
2. Frensis Nganngu (Kamerun) - UFC sobiq chempioni;
3. Andre Uord (Buyuk Britaniya) - sobiq jahon chempioni;
Shuningdek, avvaliga 15 noyabrda o‘tkazilishi belgilangan boks oqshomi ham 12 yoki 19 dekabrga ko‘chirilishi kutilmoqda.



Fikrlar