
Tchuameni: "Messi ajoyib o‘yinchi, lekin ..."
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi.
Frantsiya termasi JCh-2022 yarim final bosqichida Marokashni 2:0 hisobida taslim etdi. Dide Desham shogirdlari finalda Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
"Yana finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Endi Argentinaga qarshi o‘ynaymiz. Barcha finallar aql bovar qilmaydigan darajada, lekin Messiga qarshi o‘ynash yanada yaxshiroq. Sababi u ajoyib o‘yinchi. Maqsadimiz tezroq tiklanib, yakshanba kungi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish.
Men uchun Mbappe jahonning eng yaxshi futbolchisi va keyingi o‘yinda buni isbotlashini xohlayman.
Messiga qarshi o‘ynash juda qiyin. Biz uni to‘xtatish rejasini tayyorlaymiz. Leo ajoyib o‘yinchi, lekin ularning jamoasida boshqa ko‘plab kuchli futbolchilar bor", - dedi yarim himoyachi.
Fikrlar