Tchuameni Valverde bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirdi

  • 31.05.2026 20:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Orelien Tchuameni jamoadoshi Federico Valverde bilan bo‘lgan mushtlashuv haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real" futbolchilari 7 may kuni mashg‘ulotda janjallashib qolgani, natijada Valverde kasalxonaga yotqizilgani - unda bosh miya jarohati aniqlandi va unga chok qo‘yish kerakligi haqida xabar berilgan edi. Jamoadoshlar bundan bir kun oldin janjallashishni boshlagan edi. Klub ikkala futbolchini ham 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

“Valverde? Men vaziyatni aniqlashtirmoqchiman. Nimadir sodir bo‘lgani aniq. Ammo ommaviy axborot vositalari bu voqeani juda bo‘rtirib yubordi. Har xil bo‘lmagur gaplarni o‘qidim. "Urishish", "mushtlashish" - bunaqa gaplar yo‘q edi. Tafsilotlarga to‘xtalmayman.

Fede bilan bizning umumiy maqsadimiz bitta - "Real" uchun sovrinlarni qo‘lga kiritish. Oramizda hech qanday muammo yo‘q", - dedi Tchuameni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!