Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Kim barqaror o‘yin ko‘rsatsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi"

  • 03.04.2026 02:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Toshkent derbisi”da “Bunyodkor” “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdan so‘ng mag‘lub jamoa hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“‘Neftchi" bizga qarshi hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi, biz ham ochiq futbol namoyish etamiz. "Bunyodkor" esa ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib, qarshi hujumlarga tayanadi. Shuning uchun bu jamoalarni taqqoslash qiyin — uslublar turlicha.”

Shuningdek, u chempionlik kurashida barqarorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi:

“Mavsum davomida har qanday jamoada pasayish va ko‘tarilishlar bo‘ladi. Kim barqaror o‘yin ko‘rsatsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. Balki raqiblar bizga qarshi boshqacha uslub tanlayotgandir. Chunki ko‘pchilik bizga qarshi ochiq o‘ynashni istamaydi.”

Abduxoliqov jamoaning o‘yiniga ham baho berib o‘tdi:

“Biz o‘ynashda davom etamiz va o‘z uslubimizdan uyalmaymiz. Biz har doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz.”

Shuningdek, u moliyaviy holat haqida ham fikr bildirdi:

“Jamoada moliyaviy muammo yo‘q, barchasi joyida. Albatta, bunday omillar ba’zan ta’sir qilishi mumkin, ammo bahona qidirish to‘g‘ri emas. Har bir jamoa avvalo kamchilikni o‘zidan izlashi kerak.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!