Ten Xag: Dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi, yaxshi o‘ynadik

  • 25 may, 2024, 22:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xag Angliya kubogidagi g‘alaba haqida gapirdi. 

"Manchester Yunayted" turnir finalida "Manchester Siti"ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. 

"Bu jamoaga maqtovlarimni bildiraman. Biz o‘zimizga o‘xshadik. Tarkibimizda ma’lum futbolchilar bo‘lsa, bundan ham yayaxshi o‘ynashimiz mumkinligini ko‘rdingiz. Ulardan ba’zilari o‘yinga to‘liq tayyorlanmagan bo‘lsa-da, o‘yin juda yaxshi o‘tdi. 

Men OAVdagilarga yil bo‘yi aytdim. Agar futbolchilar sog‘lom bo‘lsa, biz yaxshi o‘ynashimiz mumkin. Dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi juda yaxshi o‘ynadik. Futbolchilar matonat ko‘rsatishdi va men ular bilan faxrlanaman"
, - dedi Ten Xag. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!