
Ter Shtegen yolg‘on ma’lumot tarqatgan OAV xodimlarini qoraladi
"Barselona" va Germaniya terma jamoasining 32 yoshli darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya ommaviy axborot vositalarida rafiqasi unga xiyonat qilgani haqidagi mish-mishlar yuzasidan ommaviy bayonot berdi.
"Hurmatli jamoatchilik, "Catalunya Radio" va "3Cat Group" media kompaniyasidagi yomon boshqaruv hamda rahbarlik va nazoratning yo‘qligi meni larzaga soldi va hafsalamni pir qildi. Ular yolg‘on xabarlar tarqatish va shaxsiy huquqlarni buzish bilan shug‘ullanmoqda.
Bu radioning jurnalistlari yolg‘onchi bo‘lib, soxta xabarlar tarqatib, rafiqam Danielani va uning obro‘sini ommaviy ravishda haqorat qilmoqda.
Daniela tomonidan hech qanday xiyonat bo‘lmagan. Bu haqiqat. Biz Dani bilan o‘zaro kelishib, turli yo‘llardan borishga qaror qildik. Biroq, do‘stona munosabatlarimizni saqlab qolamiz.
Etakchi davlat ommaviy axborot vositalarining Danielani nohaq ayblab, bu ma’lumotlarni tarqatishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi" - deya yozdi ter Shtegen ijtimoiy tarmoqlarda.
Fikrlar