
Ter Shtegen yozda "Barselona"ni tark etmaydi
Mark-Andre ter Shtegen so‘nggi kunlarda sport zalida mashq qildi. Darvozabonning to‘laqonli mashg‘ulotlarda yo‘qligi futbolchi va klub o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liqdek tuyuldi, ammo unday emas. Aslida 33 yoshli posbonning bel qismida ancha jiddiy muammolar borligi aniqlangan.
Hozir ter Shtegen va shifokorlar konservativ davolash va operatsiya o‘rtasida eng yaxshi echimni tanlashga harakat qilmoqda. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng darvozabon taxminan to‘rt oyni o‘tkazib yuboradi, deb yozadi Ispaniyaning Sport nashri.
Shu tariqa, Mark-Andre ter Shtegen yozda "Barselona"ni tark etmaydi. U tiklanadi va 2026 yilgi jahon chempionati oldidan muntazam o‘ynash uchun qishda yangi jamoa qidirishi mumkin.
Fikrlar