
Terens Kroufordning Saul Alvares bilan jangdagi imkoniyatlari qanday?
To‘rt divizionda sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes meksikalik Saul Alvares(61-2-2, 39 KO) va amerikalik Terens Krouford(41-0, 31 KO) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Menimcha, bu Krouford uchun yaxshi fikr emas, "Kanelo" undan ikki divizion oldinda. Tajriba, kuch va vazn Alvares tomonida. To‘g‘ri, Terens yaxshi jangchi, o‘z divizionida eng zo‘ri, lekin boksda o‘zidan vazn jihatdan ustunlar bilan jang qilish juda qiyin. Kanelo vazn o‘lchash marosimida 76 kgni ko‘rsatishi mumkin, ammo keyingi kun u qanday vazn bilan ringga chiqadi...? Men bu jangni ko‘rishni istamayman”, – dedi Markes Fight Hub TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar