Terma jamoa yig‘inni boshladi. Shukurov etib keldi, "Lokomotiv"ning yana bir futbolchisi termaga chaqirildi

  • 22 mart, 2021, 20:25
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan e’tiboran Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga start berdi.

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi terma jamoasi kunning ikkinchi yarmida "Paxtakor" stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. 

O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "Sharja" safida to‘p surayotgan futbolchimiz Otabek Shukurov bugun yurtimizga etib keldi va ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Shuningdek, Toshkentning "Lokomotiv" klubi a’zosi Javohir Sidiqov MTJ yig‘iniga jalb etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!