Terma jamoada bir davr yakunlandi: Tajribali futbolchi ketishini e’lon qildi
"Nasaf" klubining himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali futbolchisi Umarbek Eshmurodov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani e’lon qildi. Bu haqida oʻyinchi oʻzi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
"Milliy terma jamoa — orzu, sharaf, or-nomus, g‘urur...
Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olğa O‘zbekiston", - deya yozib qoldirdi 33 yoshli himoyachi.
Ma’lumot oʻrnida, Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga bordi, lekin bir daqiqa ham maydonda harakat qilmadi.

Fikrlar