
Terma jamoamiz etakchisi Iroq bilan o‘ynamaydi
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Iroqqa qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda terma bosh murabbiyi Vadim Abramov Gana B ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Anzur Ismoilov navbatdagi o‘yinda aniq maydonga tushmaydi. Sababi, men "Paxtakor" murabbiyigi uni faqat bir uchrashuvda o‘ynatishga va’da berganman. Ularning OChL bo‘yicha o‘z rejalari bor. Qolaversa, Anzurda kichik jarohat ham bor", - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Iroq o‘rtasidagi o‘yin 29 mart kuni "Bunyodkor" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar