
Terri Anri yana "Barselona"ga qaytishi mumkin
Xabaringiz bor bundan avvalroq “Barselona” rahbariyati Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
El Chiringuito TV tarqatgan xabarga ko‘ra agar Martines kataloniyaliklar boshqaruvini o‘z qo‘liga olsa, jamoaga Terri Anrini o‘z assistenti sifatida olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Anri va Martines bungacha Belgiya terma jamoasida birga faoliyat olib borishgan edi.
Ma’lumot uchun, Anri “Barselona” safida 2007-2010 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar