
Terriga "Chelsi"da o‘ynagan paytlari faqatgina 2 ta klub xaridor bo‘lgan
Angliyalik mashhur himoyachi Jon Terri "Chelsi"da to‘p surgan paytlarida faqatgina 2 ta klub uni sotib olish istagini bildirganini aytdi.
“Chelsi”da o‘ynab yurgan paytlarim faqat 2 ta klub men bilan shartnoma imzolashni xohlagan. Birinchisi "Xaddersfild" bo‘lgan. O‘shanda Janluka Vialli meni qo‘yib yubormagandi.
Ikkinchi taklif esa "Manchester Siti"dan bo‘lgan. Ulardan rasmiy taklif kelib tushgan. Men esa “Chelsi” bilan shartnomamni uzaytirganim uchun hech qaerga ketmasligimni aytganman”, - deydi Terri.
Jon Terri “Chelsi” safida 1998 yildan 2017 yilgacha to‘p surgan va 17 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar